» » Kim Chen In, sanksiyalarga qaramay, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti o‘sganligi haqida ma’lum qildi

Kim Chen In, sanksiyalarga qaramay, Shimoliy Koreya iqtisodiyoti o‘sganligi haqida ma’lum qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In, xalqaro hamjamiyat tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, 2017-yilda milliy iqtisodiyot o‘sganligini ma’lum qildi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Shuningdek, Koreya Mehnat partiyasi plenumi davomida Kim Chen In kichik singlisi Kim Yo Chjonni Siyosiy byuro Markaziy kengashi a’zosi o‘rinbosari etib tayinladi.

Bundan tashqari, KXDR yetakchisi AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya masalasini hal qilishning “yagona yo‘li” haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

“Yadro qurolimiz xalqning mamlakat taqdiri va suverenitetini amerikalik imperialistlarning davomli yadro tahdidlaridan himoya qilishdagi qonli kurashining qimmatbaho natijasidir”, — dedi Kim Chen In.

Avvalroq Tramp Twitter’dagi sahifasida 25 yil davomida KXDR bilan muzokaralar olib borgan va bunga ancha mablag‘ sarflagan Amerika hukumatining harakatlari bekor ketganligini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют