» » Toshkentda Telegram orqali jihodga undovchi fayllar tarqatgan ayol qo‘lga olindi. U besh yilgacha qamalishi mumkin

Toshkentda Telegram orqali jihodga undovchi fayllar tarqatgan ayol qo‘lga olindi. U besh yilgacha qamalishi mumkin


Toshkentda Telegram’da “Matluba” taxallusi bilan jihodga undovchi audio va videofayllar tarqatgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 7-sentabr kuni “Matluba” bilan Shayxontohur tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor aloqaga chiqqan. U tadbirkor yigitga Qur’on tilovatlari, boshqa diniy surat va videoroliklar, salovat qo‘shiqlari, turli mazmundagi she’r va ma’ruzalarni o‘tkazib bergan.

“Telegraf.uz”ning yozishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga tadqiq uchun Samsung Galaxy Ace 3 uyali aloqa vositasi taqdim etilgan; qo‘mitaning 19-sentabrdagi xulosasiga ko‘ra, uyali aloqa vositasi xotirasida taqiqlangan “Tavhid v jihod” katibasining jihodga undovchi audio va videofayllar bo‘lgan.

Rusumi keltirilgan uyali aloqa vositasi aynan kimga tegishli ekaniga “Telegraf.uz” xabarida aniqlik kiritilmagan. Ayni vaqtda, bunday materiallarni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangani sabab, gumonlanuvchi Shayxontohur tuman IIBga keltirilgan.

Qayd etishlaricha, ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Mazkur moddaga ko‘ra — “diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish” — eng kam ish haqining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют