» » Moskva viloyatida pensioner 20 soniya ichida 4 ta mashinaning dabdalasini chiqardi (video)

Moskva viloyatida pensioner 20 soniya ichida 4 ta mashinaning dabdalasini chiqardi (video)


Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida keksa yo‘lovchi ko‘pqavatli uy hovlisida 20 soniya mobaynida 4 ta YTH sodir etishga ulgurdi. “360” telekanali hodisaning kuzatuv kameralari obyektiviga tushgan yozuvlarini YouTube’da joylashtirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Videoda haydovchi ortga yurgani va yo‘lida duch kelgan Kia mashinasiga urilgani, u esa, o‘z navbatida, yonma-yon turgan Mercedes bilan to‘qnashganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng avtomobil noma’lum sabablarga ko‘ra tezlik olib, uy yaqinidagi furgonning “tumshug‘i”ga soladi.

Keyin pensioner hovlini aylanib o‘tdi, qarshisidan chiqqan yengil mashinani “ayadi” va uy yonidagi daraxt ostida turgan avtomobilga borib urildi.

Telekanalning video mualliflariga tayanib ma’lum qilishicha, keksa kishi yuz bergan hodisani pedallarni almashtirib qo‘ygani bilan izohladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют