» » Oq uy Isroil va Falastin mojarosini tartibga solish rejasini ishlab chiqadi

Oq uy Isroil va Falastin mojarosini tartibga solish rejasini ishlab chiqadi


Oq uy ma’muriyati Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroni tartibga solish rejasi ustida ishlamoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Kelishuvlarning eng murakkabi Isroil va falastinliklar o‘rtasida sulh tuzilishi deyishadi. Shunday bo‘lishiga qaramay, biz buning rejasiga ustida ishlayapmiz. Bu imkonsiz emas, buni amalga oshirish mumkin, deb o‘ylayman. Hech qanday taxmin qilmayman, biroq elchixonani Quddusga ko‘chirish haqida o‘ylashdan avval bu jarayonga imkon berishni istardim”, — dedi Tramp Maykl Xakabiga TBN efirida bergan intervyusida.

Shahar maqomining aniq belgilanmagani va bu muammoning arab-musulmon dunyosi uchun ta’sirli ekanligi Trampni saylovoldi va’dalariga qarshi chiqish va hozirda Tel-Avivda joylashgan AQSh elchixonasini ko‘chirish masalasini kamida yarim yil qoldirib turishga majbur qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют