» » Shavkat Mirziyoyev nomidan uyli bo‘lgan fuqaro davlat hisobidan shaxsiy mashina ajratishlarini so‘rab portalga yozdi

Shavkat Mirziyoyev nomidan uyli bo‘lgan fuqaro davlat hisobidan shaxsiy mashina ajratishlarini so‘rab portalga yozdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga Surxondaryo viloyati Denov tumanida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironidan murojaat kelib tushdi. Murojaat matni Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida e’lon qilingan.

Unda murojaat muallifi 2-guruh nogironi ekani, bu yil unga Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan uy ajratilgani, buning uchun minnatdor ekanini bildirgan. Ayni vaqtda, mashina haydashga qiziqishini ham bildirgan.

“Ammo mashina olish uchun menda sharoit yo‘q. Menga davlat hisobidan mashina berilishini istayman. Bu masalada Denov tumani hokimligiga murojaat qildim, ammo mashina ajratilmasligini aytishdi. Mening Sizdan iltimosim, ushbu masala yuzasidan amaliy yordam berishingizni so‘rayman”, — deb yozadi murojaat muallifi.

Fuqaroning bu murojaati matni surati “Xalq bilan muloqot” hech bir izohsiz e’lon qilingan. Mazkur murojaat guruhda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют