» » Qozog‘iston TIV Qirg‘iziston prezidentining fikrlarini “fitna qo‘zg‘ovchi da’volar” deb atadi

Qozog‘iston TIV Qirg‘iziston prezidentining fikrlarini “fitna qo‘zg‘ovchi da’volar” deb atadi


Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bildirgan fikrlar yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda Tengrinews ma’lum qildi.

“Qozog‘iston TIV Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning 7-oktabrda Qozog‘iston rahbariyatiga nisbatan bildirgan va qirg‘iz OAVlarida tarqatilgan fikrlari yuzasidan qat’iy norozilik bildiradi. Ularni ikki do‘st davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblaydi”, — deyiladi bayonotda.

“Qirg‘iziston prezidentining saylovoldi maqsadlaridagi mas’uliyatsiz, yolg‘on va mohiyatiga ko‘ra fitna qo‘zg‘ovchi da’volari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik va o‘zaro yordamga asoslangan rishtalarga ziyon yetkazmasligiga umid bildiramiz. Qozog‘iston tomoni qirg‘iz xalqi bilan an’aviy birodarlik munosabatlarini rivojlantirishga sodiq qoladi”, — deya ta’kidlanadi Qozog‘iston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston rasmiylarini respublikaning ichki ishlari, jumladan, 15-oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashishda ayblagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют