» » O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTHning ahvoli og‘ir jabrlanuvchilarini davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi

O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTHning ahvoli og‘ir jabrlanuvchilarini davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi


Rossiyaning Vladimir viloyatida 7-oktabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik 16 kishi halok bo‘lgan, 36 kishi yengil tan jarohati olgan, 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan edi. 8-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning maxsus samolyoti avariyaga uchragan 36 fuqaro va 15 jasad bilan O‘zbekistonga qaytdi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirliklarining o‘zaro kelishilgan qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi — og‘ir ahvoldagi voyaga yetgan ikki kishi va besh yashar qizaloq — sog‘aytirish uchun Vladimir viloyatining klinik shifoxonasida qoldirildi.

“Ularni davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi”, — deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati axborotida.

Ma’lumot uchun, ahvoli og‘ir deb baholangan 2012-yilda tug‘ilgan Gulruh Ziyodullayeva, 1976-yilda tug‘ilgan To‘lqin Tojiyev hamda 1974-yilda tug‘ilgan Mirjon Latipov ayni vaqtda Rossiyada davolanmoqda.

Mavzuga doir: TIV Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning ismlarini e’lon qildi

Qayd etish joiz, bir muddat avval qurbon bo‘lgan 16 nafar o‘zbekistonlikdan biri Mirjon Latipovning 1997-yilda tug‘ilgan o‘g‘li — Mirshod Mirzoyev ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют