» » Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi

Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi


Rossiyaning Vladimir viloyatida 7-oktabr kuni yuz bergan avtobus va poyezd to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lgan 15 o‘zbekistonlik va 36 nafar jarohatlangan fuqarolar 8-oktabr kuni tongda O‘zbekistonga olib kelindi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 8-oktabrga o‘tar kechasi 36 fuqaro va 15 jasad bo‘lgan maxsus samolyot Jukovskiy aeroportidan uchib, Termiz shahriga yetib kelgan.

“8-oktabr tongda halok bo‘lganlar jasadlari va jarohatlanganlar Termiz, Andijon va Buxoro shaharlariga yetkazildi”, — deyiladi TIV axborotida.

Ma’lumot uchun, hozirgi qadar Vladimirdagi YTH oqibatida halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15 nafarining shaxsi aniqlangan. Ular 2011-yilda va 2015-yilda tug‘ilgan ikki surxondaryolik bola ham bor.

Mavzuga doir: TIV Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklarning ismlarini e’lon qildi

Qurbonlarning 13 nafari surxondaryolik, bir nafari Andijondan, yana biri Buxorodan edi. Xabar berishlaricha, Rossiyaning tegishli organlari hozirda 16-qurbonning shaxsini aniqlash ishlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Vladimirda halok bo‘lgan 16 o‘zbekistonlikdan 15-sining shaxsi aniqlandi. U buxorolik 20 yashar yigit bo‘lib chiqdi — uning otasi og‘ir ahvolda

Bundan tashqari, ahvoli og‘irligi sababli uch nafar O‘zbekiston fuqarosi Vladimirdagi klinik shifoxonasida davolanishni davom ettirmoqda. TIV axborotida alohida qayd etilishicha, ularni davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston TIV: Vladimirdagi YTHning ahvoli og‘ir jabrlanuvchilarini davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют