» » Tramp Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda “faqat bir narsa” ish berishi mumkinligini bildirdi

Tramp Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda “faqat bir narsa” ish berishi mumkinligini bildirdi


Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda “faqat bir narsa ish berishi mumkin”. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“AQSh prezidentlari va ularning ma’muriyatlari Shimoliy Koreya bilan 25 yil davomida muzokaralar olib bordi. Kelishuvlar tuzilar va ulkan summadagi pullar to‘lanardi. Biroq ulardan hech biri ish bermadi. Bitimlar qog‘ozning siyohi qurimay buzilar, AQSh tomoni esa ahmoq bo‘lib qolaverardi. Kechirasiz, KXDRga qarshi faqat bir narsa ish berishi mumkin!” — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Oq uy rahbari “bir narsa” deganda nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq oldinroq u AQSh hamda uning ittifoqdoshlarini himoya qilish zarurati tug‘ilganda, KXDRga nisbatan masalaning harbiy yechimini istisno etmagan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют