» » Levandovski Polshani JChga olib chiqdi va gollar soni bo‘yicha Krishtianudan o‘zib ketdi

Levandovski Polshani JChga olib chiqdi va gollar soni bo‘yicha Krishtianudan o‘zib ketdi


Polsha JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan Yevropaning Belgiya, Germaniya, Angliya va Ispaniyadan keyin beshinchi a’zosiga aylandi.

Saralashning so‘nggi turida Chernogoriyani qabul qilgan polshalik futbolchilar 4:2 hisobida zafar quchdi va guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Jamoasining g‘alaba golini urgan Robert Levandovski saralashni 16 ta aniq zarba bilan tugatdi. Yevropalik hech bir futbolchi 1 ta saralashda buncha gol urmagan.

Krishtianu Ronaldu hisobida 15 ta gol bor. Portugaliya so‘nggi turni Lissabonda Shveysariyaga qarshi o‘tkazadi.

Polshaga qarshi o‘yinda “Paxtakor” himoyachisi Marko Simich ishtirok etmadi. U bir tur avval Daniyaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘la olgandi. Avvalroq Gidi Kanyuk to‘p suradigan Isroil JChdan umidini uzgani hisobga olinsa, “Paxtakor” futbolchilaridan hech biri JCh—2018 ga bormasligi oydinlashadi.

Daniya saralashni 2-o‘rinda yakunlab, pley-offga yo‘llanma oldi. Chernogoriya va Ruminiya esa mundialdan chetda qoldi.

JCh—2018. Saralash
“E” guruhi. 10-tur
8-oktabr, yakshanba

Gollar: Kjishtof Monchinski, 6 (1:0). Kamil Grositski, 16 (2:0). Stefan Mugosha, 78 (2:1). Jarko Tomashevich, 83 (2:2). Robert Levandovski, 85 (3:2). Filip Stoykovich, 87-avt (4:2).

Gollar: Kristian Eriksen, 60-pen (1:0). Chiprian Dyak, 88 (1:1).
Chetlatish: Kristian Ganya, 63 (R).

Gollar: Genrix Mxitaryan, 26 (0:1). Bauirjan Turisbek, 62 (1:1).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют