» » “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh fir’avnlar mamlakatini JCh—2018 ga olib chiqdi

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh fir’avnlar mamlakatini JCh—2018 ga olib chiqdi


Misr Rossiya—2018 mundialida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar Afrika qit’asidan Nigeriya shunday baxtga sazovor bo‘lgandi.

Saralashning 5-turida Misr o‘z maydonida Kongoni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 63-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada kongolik futbolchilar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo bu holat Salohni qahramonlikdan mosuvo qila olmadi. “Liverpul” hujumchisi 90-daqiqadagi goli bilan misrliklarni Rossiya mundiali sari yetakladi.

So‘nggi tur qanday hisob bilan yakun topsa-da, bu Misrning natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bir kun oldin “Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobining Zambiya darvozasiga urgan goli Nigeriya joniga oro kirib, ular ham JCh—2018 chiptasiga ega chiqqandi.

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют