» » Vladimir Putinning davomchilari reytingi tuzildi

Vladimir Putinning davomchilari reytingi tuzildi


Rossiyaning “Peterburg siyosati” jamg‘armasi ekspertlari prezident Putinning davomchilari reytingini tuzdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Unda birinchi o‘rinni hukumat rahbari Dmitriy Medvedev band etdi. Undan keyin Moskva meri Sergey Sobyanin joylashdi. Uchinchi o‘rinda esa — Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin. Yuqori beshlikdan mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko ham o‘rin oldi.

Reytingning keyingi pog‘onalarini fuqarolar tashabbuslari qo‘mitasi raisi Aleksey Kudrin, prezident ma’muriyati rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, prezident ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin va “Rosneft” prezidenti Igor Sechin egalladi.

Reyting sharhida aytilishicha, “davomchi” deganda “eng yaqin kadrlar zaxirasidagi oliy darajali nomzod” ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют