» » Dubay aeroportida yo‘lovchi politsiyachilarga hujum qildi

Dubay aeroportida yo‘lovchi politsiyachilarga hujum qildi


53 yoshli Avstraliya fuqarosi Dubay aeroportida huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qildi, deb yozadi UAE Inside.

Sidneyga otlangan erkak samolyotning nosozligi tufayli Dubayda ushlanib qoldi. Yo‘lovchilarni to‘rt soat kuttirib qo‘yganidan keyin, aviakompaniya reys keyingi kunga qoldirilganini ma’lum qildi va ularga Dubay mehmonxonasida tunashni taklif etdi.

Yuklarni tekshirish vaqtida avstraliyalik o‘z yukini skanerlovchi tasmaga qo‘yishdan bosh tortdi. Aeroport xodimlari undan sumka ichidagi narsalarni ko‘rsatishni so‘radi, bunga rad javobi olgach, politsiya xodimlarini chaqirishga majbur bo‘ldi.

Erkak yetib kelgan politsiyachilarga ovozini balandlatib, ularni haqorat qilishni boshladi. Yo‘lovchiga kishan solishga uringan politsiyachialrga avstraliyalik jismoniy qarshilik ko‘rsatdi va bir politsiyachining oyog‘iga shikast yetkazdi.

Erkak Dubay sudiga yuborildi, ammo u sud majlisiga kelmadi. Uning ishi bo‘yicha hukm 22-oktabrga belgilangan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют