» » Misr 28 yil deganda JChga qaytdi. Mamlakat prezidenti har bir futbolchiga 83 ming dollardan beradi

Misr 28 yil deganda JChga qaytdi. Mamlakat prezidenti har bir futbolchiga 83 ming dollardan beradi


JCh—2018 ning Afrika qit’asi saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Misr termasi Rossiya mundialiga yo‘llanma oldi.

Misrliklar so‘nggi bor 1990-yil Italiya mezbonligida o‘tgan JChda ishtirok etgan bo‘lib, keyinroq, AQSh, Fransiya, Yaponiya va Janubiy Koreya, Germaniya, JAR, Braziliya mundiallarida ishtirok eta olmay kelayotgandi.

Navbatdagi muvaffaqiyat fir’avnlar mamlakatida katta voqelik sifatida nishonlanmoqda. Mamlakat prezidenti Abdul-Fattoh Halil As-Sisi bunga sababchi bo‘lgan futbolchilarni mukofotlashga qaror qildi. Unga ko‘ra, Misr termasi safida saralash o‘yinlarida ishtirok etgan futbolchilarning har biriga 83 ming AQSh dollari beriladigan bo‘ldi. Bosh murabbiy Ektor Kuper esa 500 ming dollar bilan taqdirlanadi.

Jamoaning JChga chiqishida Muhammad Saloh katta rol o‘ynadi. Qiziq tomoni, Misr so‘nggi marta Jahon Chempionatida to‘p surganida, Saloh hali tug‘ilmagandi. 1992-yilda dunyoga kelgan futbolchi chorak asr yashabgina bosh jamoasiga bayram kayfiyati ulasha oldi.

“Liverpul” hujumchisi bo‘lgan Muhammad Saloh Misr termasining so‘nggi 18 ta o‘yinida 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют