» » Rossiyada 11-sentabrdan buyon 2 300 dan ortiq obyekt “minalashtirilgan”

Rossiyada 11-sentabrdan buyon 2 300 dan ortiq obyekt “minalashtirilgan”


11-sentabrdan buyon Rossiyaning 144 ta shahridagi turli obyektlarda portlash xavfi haqidagi 2 300 dan ortiq anonim xabarlar kelib tushdi. Bu haqda kuch tuzilmalari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“11-sentabrdan 9-oktabrga qadar 144 ta shaharda 2 300 dan ortiq obyekt, jumladan, savdo markazlari, maktablar, vokzallar, aeroportlar, kinoteatrlar, tungi klublar va davlat hokimiyati organlari binolari ‘telefon terrorchilari’ning hujumiga uchradi. 950 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

“Ularning barchasi yolg‘on xabar bo‘lib chiqdi”, — deya aniqlik kiritadi kuch tuzilmalari vakili.

8-oktabr, yakshanba kunining o‘zidayoq Moskva, Sankt-Peterburg, Yoshkar-Ola, Nijniy Novgorod, Dibenko shahrida 37 ta obyektning “minalashtirilganligi” haqida xabar kelib tushgan.

“Telefon terrorchilarining” Moskvaga eng ommaviy hujumi 6-oktabr, jumaga to‘g‘ri kelgan. O‘sha kuni 250 dan ortiq turli binolar “minalashtirilgan”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют