» » “Do‘stlar” turar-joy majmuasi: eng yaxshi do‘stlar uchun qulaylik va sifat

“Do‘stlar” turar-joy majmuasi: eng yaxshi do‘stlar uchun qulaylik va sifat


Fantastik asarlar yozuvchi adiblar 21-asrni innovatsiyalar, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ixtirolar va mo‘jizaviy kashfiyotlar davri deb tasavvur qilgan. Uchar mashinalar hozircha shunchaki orzu bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, ultrazamonaviy uy-joylar allaqachon ixtiyorimizga havola qilingan. Endi Toshkentda ham “kelajak uyi”dan xonadon sotib olish mumkin. Ushbu “Do‘stlar” turar-joy majmuasi — poytaxtimizdagi eng noodatiy va shu bilan birga, eng qulay turar-joy majmualaridan biri.

Majmuaga nazar tashlaganda xayolga keladigan birinchi fikr: “Ehtimol, Marsdagi yerliklarning turar-joyi aynan shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan bo‘lardi”. 48 ta xonadondan iborat sakkiz qavatli bino o‘z shaklining burroligi va ixchamligi bilan hayratda qoldiradi. Har bir qavatdagi ko‘kalamzorlik elementlari maftunkor shahar manzarasiga qaragan keng derazalar bilan kontrast hosil qilib, noodatiy va yangicha ko‘rinish kasb etadi.

Majmuaning joylashgan o‘rni xuddi uning dizayni kabi oldindan puxta o‘ylangan. “Do‘stlar” turar-joy majmuasi Yunusobod tumanining M5 massivida joylashgan. Ansambl rivojlangan infratuzilmali tuman markazida (bolalar muassasalari, do‘konlar, bozorlar), transport tugunlari yaqinida joylashgan, bu shaharning har qanday nuqtasiga osonlik bilan yetib olish imkonini beradi. Shu bilan birga, daraxtlar bilan o‘ralgan “Do‘stlar” turar-joy majmuasi serharakat katta yo‘llar shovqinidan uzoqda bo‘lib, shahar yugur-yuguridan o‘zini panaga olish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos vohadir.

Turar-joy majmuasida istiqomat qiluvchilarning qulayligi uchun hamma narsa nazarda tutilgan. Tomda qishki va yozgi ayvonlar, bolalar maydonchasi, shuningdek, barbekyu uchun joy va kichik choyxona qurilgan. Uy hovlisida ham bolalar maydonchasi va kattalar uchun dam olish hududi tashkil qilingan.

Uning o‘ziga xosligi serg‘ovak tuzilmada bo‘lib, u havoni o‘tkazadi va shu tariqa, harorat o‘zgarishlarini yumshatadi. Germaniyada maxsus yasalgan derazalar sifatini, Yevropa materiallaridan yasalgan fasad bezagini alohida ta’kidlash lozim. Har bitta detal Sizning bo‘lg‘usi uyingizning bir bo‘lagiga aylanishidan avval saralashning ko‘plab bosqichlaridan o‘tadi.

Murad Buildings jamoasining barcha obyektlari kabi, “Do‘stlar” majmuasi ham yong‘in signalizatsiyasi va puxta o‘ylangan xavfsizlik tizimi bilan jihozlanadi: majmuaning to‘siq bilan o‘ralgan hududi kecha-yu kunduz qo‘riqlov tizimi kuzatuvi ostida bo‘ladi.

Qulay joylashuv va innovatsion dizayn, keng xonalar va shahar manzarasi, sifatli materiallar va hordiq uchun shinam maydonchalar — bularning barchasi “Do‘stlar” turar-joy majmuasini Siz o‘z yaqinlaringiz bilan ko‘plab baxtiyor onlarni birga baham ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan eng qulay majmualardan biriga aylantiradi.

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют