» » Surxondaryo viloyatida joriy yilda 3 ming tonnaga yaqin baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 3 ming tonnaga yaqin baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10—11-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Termiz tumanidagi “Termiz agro fish eksport” agrofirmasining baliq yetishtirish va qayta ishlash loyihasi bilan tanishgan va viloyatda mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar bergan edi, deb xabar beradi “Biznes-daily”.

Surxondaryoda baliqchilik sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullarini qo‘llash, baliq chavoqlari ishlab chiqarish va tabiiy suv havzalari, sun’iy ko‘llardan samarali foydalanish, sohaning ozuqa bazasini mustahkamlash hamda tarmoq uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2009-yil viloyatdagi 55 baliqchilik xo‘jaligida 200 tonnadan ortiq parhezbop mahsulot yetishtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili 223 xo‘jalikda 2 ming 518 tonna baliq ovlandi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Sohani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturda baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, baliq chavoqlarini takror ko‘paytirish va zamonaviy ozuqa bazasini yaratish hamda qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirish belgilab olingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют