» » Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan “KamAZ” haydovchisi hibsga olindi

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan “KamAZ” haydovchisi hibsga olindi


Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirovning xizmat avtomobili bilan to‘qnashgan “KamAZ” haydovchisi hibsga olindi va 2 oy muddatga tergov izolyatoriga joylashtirildi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.

Qirg‘iziston IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, haydovchiga nisbatan “Harakat xavfsizligi va transport vositalari ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

“Mazkur ish IIV Tergov bosh boshqarmasining shaxsan nazoratiga olingan. Haydovchi qonida alkogol va narkotiklar izi topilmadi. Tergov davom etmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Bishkek—Chaldovar avtomobil yo‘lida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov o‘tirgan Toyota rusumidagi avtomobil “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida vazir o‘rinbosari, uning yordamchisi va haydovchisi halok bo‘ldi.

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют