» » Kimdir Lenin mavzoleyiga qo‘ng‘iroq qilib, u yerga bomba qo‘yilganini aytdi. U yerdan hech kim evakuatsiya qilinmadi

Kimdir Lenin mavzoleyiga qo‘ng‘iroq qilib, u yerga bomba qo‘yilganini aytdi. U yerdan hech kim evakuatsiya qilinmadi


6-oktabr, juma kuni oqshomda noma’lum shaxslar Moskva Qizil maydonidagi Lenin mavzoleyiga qo‘ng‘iroq qilib, u yerga bomba o‘rnatilganini haqida xabar bergan, deya xabar bermoqda Meduza.

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs “Lenin mavzoleyiga bomba qo‘yilgani va hamma o‘lishi”ni ma’lum qilgan. Mavzoley ma’muriyati binoda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirmaslikka qaror qilgan; bino kinologlar tomonidan ko‘zdan kechirilgan va ular hech qanday portlovchi uskunalar topmagan.

Mavzoley jumadan dushanbaga qadar ishlamaydi (qolgan kunlar soat 10:00 dan 13:00 gacha ochiq bo‘ladi). Juma kuni oqshomda mavzoleyda (Lenindan tashqari) biror odam bo‘lganmi yoki yo‘q — noma’lum. Mavzoley vakillaridan bu borada izoh olish imkoni bo‘lmagan.

Mavzoleydan tashqari, juma kuni Moskva shahrida 150 dan ziyod boshqa binolar ham “minalashtirilgani” haqida yolg‘on xabarlar kelib tushgan. Biror joyda portlovchi uskunalar topilmagan.

Rossiyada 10-sentabrdan beri u yoki bu binolarga bomba qo‘yilgani haqidagi anonim qo‘ng‘iroqlar davom etmoqda. Noma’lum shaxslar savdo markazlari, ma’muriy binolar, maktab va boshqa muassasalarga bomba qo‘yilgani haqida xabar bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют