» » Vladimirda poyezd bilan to‘qnashib, 16 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobusning haydovchisi qo‘lga olindi

Vladimirda poyezd bilan to‘qnashib, 16 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobusning haydovchisi qo‘lga olindi


Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari 6-oktabr kuni Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd bilan to‘qnashib, 17 kishining (jumladan, 16 nafar o‘zbekistonlikning) o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisini qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, tergovchilar “avtobus o‘z texnik holatiga ko‘ra yo‘lovchilarni tashish uchun yaroqsiz ahvolda bo‘lgan”ini aniqlagan.

“Shunga qaramay, avtobus haydovchisi Nurgali Sarmanov mavjud nosozliklarni bilgani holda, yo‘lovchi tashish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishda davom etgan”, — dedi Tergov qo‘mitasi vakili.

Qayd etishlaricha, yaqin vaqt ichida Sarmanovga nisbatan iste’molchilar hayoti va salomatligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ziyod shaxslarning o‘limiga sabab bo‘lish holatlari bo‘yicha ayblov e’lon qilinadi.

Mavzuga doir: Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют