» » Oyoqlardagi charchoqni ketkazishning 5 usuli

Oyoqlardagi charchoqni ketkazishning 5 usuli


Charchagan oyoqlarga bir lahzada yordam beruvchi bir necha ishonchli davolash usullarini o‘rganamiz.

Oyoqlar uchun vanna qilamiz

Shishlarni ketkazishning eng oddiy usuli – vanna qilish. Bunda suvga turli xil vositalar qo‘shish mumkin: dengiz tuzi, qalampirli yalpiz tomchilari va hatto qayin barglari.

Oyoqlar uchun mashqlar bajaramiz

Oyoqlar shishining oldini olishning eng yaxshi usuli — muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish. Shuning uchun sportning cho‘milish, velosiped haydash yoki tez yurish turlariga qatnashish lozim.

Shuningdek kechqurunlari oyoqlar uchun yengillashtiruvchi mashqlar bajarishni tavsiya qilamiz: navbati bilan oyoq uchida va tovonda yurish, oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib yotish, oyoq uchlarida o‘tirib va turadigan oddiy mashqlar bajarish.

Maxsus kompressli kiyimkechaklar kiyamiz

Agar sizning ishingiz tez-tez samolyotlarda uchish va mashinada safar qilishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, unda siz bunday vaqtlarda maxsus kompressli kiyim kiyishingiz lozim bo‘ladi: uning yordamida shishlarning oldini olish uchun tomirlarga tushadigan og‘irlikni kamaytirishingiz mumkin.

Charchagan oyoqlar uchun gellardan foydalanamiz

Oyoqlarning qulayligini maxsus vositalar yordamida ham ta’minlash mumkin. Masalan, kashtan shishlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Arnika va chakanda yallig‘lanishni kamaytiradi. Mentol sovituvchi ta’sir ko‘rsatadi, ginkgo biloba ekstrakti esa qon aylanishini yaxshilaydi.

Shifokor bilan maslahatlashamiz

Agar siz ko‘plab usullarni qo‘llab ko‘rgan bo‘lsangiz ham shishlar muntazam ravishda paydo bo‘laversa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Chunki shishlarning doimiy ravishda paydo bo‘lishi varikoz va tromboflebitning rivojlanishiga olib kelishi mumkin — bular esa shifokor nazorati ostida davolash lozim bo‘lgan juda jiddiy kasalliklar hisoblanadi.

Manba: Rambler Weekend

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют