» » AQSh Federal zaxira tizimi Puerto-Rikoga dollar ortilgan samolyot yubordi. To‘fondan so‘ng orolda naqd pul taqchilligi yuzaga keldi

AQSh Federal zaxira tizimi Puerto-Rikoga dollar ortilgan samolyot yubordi. To‘fondan so‘ng orolda naqd pul taqchilligi yuzaga keldi


Nyu-York Federal zaxira banki rahbari Uilyam Dadli Puerto-Rikoga 100 dollarlik kupyuralar ortilgan samolyotni yo‘lladi. Bu haqda, Bloomberg’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Dadli shu yo‘l bilan Puerto-Rikoning yirik banklari rahbarlarining AQSh Federal zaxira tizimi (FZT)ga murojaatiga munosabat bildirdi. Ular “Mariya” to‘fonidan so‘ng Puerto-Rikoda naqd pullarning o‘tkir taqchilligi yuzaga kelganidan shikoyat qilgan edi.

Puerto-Riko banklari o‘z xodimlariga naqd pulda maosh to‘lash istagini bildirgan korporativ mijozlardan yuz minglab dollarlarni yechib olish haqida so‘rovlar olgan. To‘fondan so‘ng faoliyati qayta tiklangan bankomatlar oldida naqd pul olish istagidagi odamlarning katta navbatlari paydo bo‘lgan.

AQSh Federal zaxira tizimiga qilingan murojaat mualliflaridan biri — Popular Inc. banki rahbari Richard Karrion naqd dollarlar ortilgan samolyot Puerto-Rikoga kelganini tasdiqladi, biroq u qancha pul olib kelganiga aniqlik kiritmadi.

Nyu-York Federal zaxira banki matbuot xizmati esa mazkur xabarlar yuzasidan hech qanday izoh bermadi.

“Biz naqd pul bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishini taxmin qilgandik. Biroq bu muammolar ko‘lami bu qadar katta bo‘ladi, deb kutmagandik”, — dedi Richard Karrion.

Puerto-Riko AQSh hukumati boshqaruvi ostida bo‘lib, ularning valyuta tizimi umumiydir.

20-sentabr kuni Puerto-Rikoga yopirilgan “Mariya” to‘foni orolga katta talofat yetkazdi. Xususan, Puerto-Rikoda markazlashgan elektr ta’minoti tizimi to‘liq ishdan chiqdi. To‘fon oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, orolda 39 kishi halok bo‘lgan.

Puerto-Rikoga AQSh ma’muriyati tomonidan ko‘rsatilgan yordam ko‘lami va bu yordamning tezkor emasligi jamoatchilik tomonidan tanqid ostiga olindi. Xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp harakatsizlikda ayblandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют