» » Nazarboyev: Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi rus tilli fuqarolarning huquqlariga ta’sir ko‘rsatmaydi

Nazarboyev: Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi rus tilli fuqarolarning huquqlariga ta’sir ko‘rsatmaydi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi mamlakatning rus tilli fuqarolari huquqlariga daxl qilmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u davlat tilining lotin tiliga o‘tkazish loyihasi realizatsiyasi bo‘yicha ishchi komissiya bilan o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Aytilishicha, prezident islohot boshqa tillarning rivojiga to‘sqinlik qilmasligi va fuqarolar haq-huquqlarini buzmasligi lozimligiga urg‘u bergan.

“Qozoq tilining lotin alifbosiga o‘tkazilishi rus tillilarning, rus tilining va boshqa tillarning huquqlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rus tilining kirill alifbosida ishlatilishi o‘zgarishsiz qoladi. U ishlashda davom etadi. Yangi alifboga o‘tilishi qozoq tilini o‘rganishni osonlashtiradi”, — dedi Nazarboyev.

Qozog‘iston yetakchisi alifbo almashtirish murakkab jarayonligini, undan ko‘zlangan maqsad til rivojini ta’minlash va uni xalqaro axborot maydoniga kiritish ekanligini tushuntirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют