» » Kuzda sayohatga chiqish uchun 5 ta sabab

Kuzda sayohatga chiqish uchun 5 ta sabab


Chiptalar narxlarining pastligi, odamlarning kamligi, ob-havoning qulayligi — biz sizga nima uchun mavsumlar o‘rtasida sayohat qilish ajoyibligi to‘g‘risida aytib bermoqchimiz.

Chiptalar va mehmonxonalar narxlarining pastligi

Ta’tillar mavsumi tamom bo‘ldi, shuning uchun ko‘pchilik aviakompaniyalar va mehmonxonalar narxlarni pasaytiradi — juda foydali takliflarni topish mumkin.

Eng qiziqarli yo‘nalishlarga arzon chiptalarni o‘tkazib yubormaslik uchun aviakompaniyalarning xabarnomalariga obuna bo‘ling.

Ajoyib kuz tabiati

Kuz sayohat qilish uchun yilning eng chiroyli fasli bo‘lsa kerak. Siz qayerga borishni xohlashingizning ahamiyati yo‘q — Yevropadagi kattaroq shaharlardan birigami yoki O‘zbekistonning boshqa viloyatlarigami. Sizni hamma joyda kuzgi yorqin barglar qarshi oladi.

Bo‘m-bo‘sh turistik joylar

Kuzda Eyfel minorasi fonida atrofdagi turistlarsiz rasmga tushish imkoni bor. Eng mashhur turistik yo‘nalishlar bo‘ylab sayr qilish juda maza — sayohatchilar to‘dasi orasidan zo‘rg‘a o‘tib olishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, kuzda shaharga mahalliy yashovchilar ko‘zi bilan qarash mumkin: shahar bozoriga borish, bironta kafeda o‘tirib issiq ichimlik ichish va shoshilmasdan shahar hayotini kuzatish mumkin.

Qulay ob-havo

Kuzgi ob-havo haddan tashqari issiq yoki sovuqni ko‘tara olmaydigan sayohatchilar uchun juda mos keladi. Shaharlar allaqachon yozgi jaziramadan sovishga ulgurdi, lekin havo harorati hali noldan pastga tushgani yo‘q.

Mashhur restoran va mehmonxonalarda bo‘sh joylarning ko‘pligi

Yozgi shov-shuvlardan keyin hatto eng mashhur joylarga bo‘lgan talablar ham tushib ketdi. Sizda shaharning eng mashhur restoranida ovqatlanish yoki biron-bir o‘zgacha mehmonxonada yashashga imkoniyat bo‘ladi.

Manba: The Challenger

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют