» » Rossiyalik olimlar sayyoradagi eng qadimiy qo‘ng‘izlardan birini aniqladi

Rossiyalik olimlar sayyoradagi eng qadimiy qo‘ng‘izlardan birini aniqladi


Rossiya Fanlar akademiyasi I.D. Papanin nomidagi Ichki suvlar biologiyasi instituti xodimlari Madagaskar janubi-sharqidagi tog‘li suvlarida istiqomat qiluvchi Heterogyrus milloti qo‘ng‘izlari mezozoy asri jonivorlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolgan avlodi ekanligini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bu hasharotning kelib chiqishi kechki trias yoki erta yura davriga, ya’ni 226–187 million yil oldingi vaqtga oid.

Tadqiqot Rossiya ilmiy jamg‘armasi granti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Uning natijalari Nature Scientific Reports jurnalida taqdim etildi.

Madagaskar nisbatan kichik hududda yuzlab flora va fauna vakillari joylashgani tufayli jahondagi bioxilma-xillikning asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-10-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют