» » Pentagonning sobiq rahbari yadroviy urush nimadan boshlanishi mumkinligini aytdi

Pentagonning sobiq rahbari yadroviy urush nimadan boshlanishi mumkinligini aytdi


Yadroviy urush inson omili yoki raketa hujumidan ogohlantirish tizimidagi buzilish tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu haqda yadroviy fojiani bartaraf etish bo‘yicha Xalqaro Lyuksemburg forumi chog‘ida AQShning sobiq mudofaa vaziri Uilyam Perri ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Hozirgi dunyoda yadroviy fojia xavfi bir necha marotaba oshmoqda. Yadroviy ixtilof keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablardan biri — inson xatosi yoki raketa hujumidan ogohlantirish tizimidagi buzulish. Bunday tizimlar AQSh va Rossiyada bor”, — dedi u.

Perrining so‘zlariga ko‘ra, sovuq urush yillarida bunday voqealar uch marta ro‘y bergan, lekin har safar fojianing oldi olingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют