» » BMTning nufuzli kengashi vakillari Buxoroda bo‘ldi

BMTning nufuzli kengashi vakillari Buxoroda bo‘ldi


O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari 7-oktabrda Buxoro viloyatida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mehmonlar viloyatga tashrifini islom olamida mashhur naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi. Ulug‘ pir qabri oldida Qur’on tilovat qilindi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi shu yerda viloyatning bir guruh imom xatiblari bilan muloqotda bo‘ldi.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoro viloyati hokimi O‘. Barnoyev bilan uchrashdi. Mehmonlarga fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda viloyat, tuman va shaharlardagi Xalq qabulxonalari muhim o‘rin tutayotgani to‘g‘risida so‘zlab berildi. Xalqaro nufuzli tashkilot vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Mehmonlar qadimiy Masjidi Kalonda ham bo‘ldi.

Mehmonlar tashrif doirasida Buxoro shahridagi Ahmad Donish nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu yerda yeti millat vakillari ahil va hamjihat istiqomat qiladi. Diniy amallari turlicha. Lekin mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, yoshlar tarbiyasiga butun jamoatchilik mas’ul.

Ahmad Shahid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari mahalla faollari, turli madaniy markazlar vakillari bilan uchrashuvda o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют