» » Pentagon Suriya rasmiylarining terrorchilar bilan aloqa qilishda ilgari surgan ayblovlarini “bema’ni” deb atadi

Pentagon Suriya rasmiylarining terrorchilar bilan aloqa qilishda ilgari surgan ayblovlarini “bema’ni” deb atadi


Pentagon vakili suriyalik general tomonidan AQShning IShID va “Jabhat an-Nusra”ga qurol yetkazib berilishi haqidagi ayblovlari haqiqatga mos kelmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Oldinroq Suriya armiyasi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i diviziya generali Ali al-Ali Vashington Suriyada muxolifatga emas, terrorchilarga qurol yetkazib berayotgani haqida bayonot bilan chiqqan edi.

“Damashq AQSh 5-iyundan 15-sentabrga qadar Suriyada terrorchilarga 1412 yuk mashinasida harbiy mulk va qurol yetkazib berganini biladi”, — degan edi u.

Uning fikricha, bu qurol IShID va “Jabhat an-Nusra” qo‘liga yetib borgan.

“Bu bayonotlar mutlaqo bema’ni va haqiqatga mos emas. Ular Rossiya va Suriya rejimining propaganda kampaniyasidan boshqa narsa emas. AQSh Suriya hududida terrorchilikka qarshi kurash maqsadida ishlamoqda”, — ta’kidladi Pentagon vakili “RIA Novosti” muxbiri bilan suhbatda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют