» » Ekin maydonlaridan foydalanish tizimi takomillashtiriladi

Ekin maydonlaridan foydalanish tizimi takomillashtiriladi


Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xojaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni OzAda keltirildi.

Farmonga keltirilgan sharhalarda aytilishicha, sohada qator kamchiliklar bor. Jumladan, bundan besh yil oldin tashkil etilgan Ozbekiston fermerlari kengashi fermer xojaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish yuzasidan oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi.Aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Fermer va dehqon xojaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada ornatilmagan.

Farmonda fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning quyidagi ustuvor yonalishlari belgilab berildi:

birinchidan,fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. Xususan, fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi masuliyatini oshirish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga, shu jumladan Yer kodeksi, Fermer xojaligi togrisidagi, Dehqon xojaligi togrisidagi qonunlarga tegishli ozgartirish va qoshimchalar kiritiladi;

ikkinchidan,fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va masuliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining tasirchan tizimini yaratish.Ushbu yonalishda mutasaddi tashkilotlar aniq maqsadga yonaltirilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari hamda Oliy Majlis palatalari tomonidan yerlardan samarali foydalanish ustidan doimiy nazorat va monitoring olib boriladi;

uchinchidan,davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni taminlash boyicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish.Farmonda belgilangan vazifalarning toliq va sozsiz ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga qishloq xojaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmini yaratish boyicha aniq topshiriqlar beriladi;

tortinchidan,kop tarmoqli fermer xojaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qollab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish.Mazkur yonalishda kop tarmoqli fermer xojaliklarining huquqiy maqomini belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish boyicha tegishli qonun hujjatlariga ozgartirish va qoshimchalar kiritiladi, fermer xojaliklarini bosqichma-bosqich kop tarmoqli fermer xojaliklariga aylantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

beshinchidan,fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini taminlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, taminot va xizmat korsatuvchi tashkilotlar bilan ozaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish.Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yerlarini sugorish uchun doimiy ravishda yetarli miqdorlardagi suv bilan taminlash, agrofirmalar, tayyorlov tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilinadi;

oltinchidan, Tomorqa qoshimcha daromad manbai!shiorini qishloq aholisi orasida keng targib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish.Xususan, ommaviy axborot vositalarida turkum telekorsatuvlar, radio eshittirishlar va bosma matbuotda chiqishlar, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminar-treninglar tashkil etiladi. Joylarda esa keng tushuntirish ishlari olib boriladi;

yettinchidan,yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur malumot va axborotlar bilan taminlash tizimini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, fermer xojaliklarining mehnat munosabatlarini tashkil etish boyicha faoliyatini takomillashtirish.Fermer, dehqon xojaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yuzasidan bir qator amaliy choralar koriladi, shu jumladan qishloq xojaligiga ixtisoslashgan talim muassasalari qoshida qisqa muddatli oquv kurslari tashkil etiladi.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (10-10-2017, 00:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -