» » Sardiniyaliklardan uzoq umr ko‘rish sirlari

Sardiniyaliklardan uzoq umr ko‘rish sirlari


Ma’lum bo‘lishicha, Sardiniya orolida yashovchi 100 yoshlilar Shimoliy Amerikadagiga qaraganda 10 marta ko‘proq ekan. Olimlar buning sababi hayotga ijobiy munosabatda bo‘lish ham, O‘rtayer dengizi parhezida ham emas ekanligini aniqladilar.

Rivojlangan mamlakatlarda ayollar erkaklarga qaraganda o‘rtacha olganda 6-8 yil uzoqroq umr ko‘radi. Ayollar va erkaklar bir xil va uzoq umr ko‘radigan birdan-bir joy — bu Sardiniya oroli hisoblanadi.

Syuzan Pinker bu kamdan-kam uchraydigan hodisani tadqiqot qilishga qaror qildi.

U ko‘plab uzoq umr ko‘rayotganlar bilan suhbatlashdi va oxirida hayotga munosabat va ovqatlanishning  uzoq umr ko‘rishga ta’siri yo‘q degan xulosaga keldi. Uning sababi — muloqot qilishda. Sardiniyada odamlar butun hayoti davomida har doim qarindoshlari, do‘stlari, qo‘shnilari qurshovida bo‘lishadi. Ular hech qachon yolg‘iz yashamaydilar. Rivojlangan mamlakatlarda yashovchilardan ular shunisi bilan farq qiladilar.

Ruhshunos Julianna Xolt-Lansted minglab qari kishilar hayotini o‘rganish bilan uzoq umr ko‘rish borasida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazdi. Ularning hayotini hamma tomondan o‘rganib chiqdi: ovqatlanish, jismoniy faollik, oilaviy ahvoli, tibbiy ko‘riklarning tezligi, zararli odatlari.

Yetti yildan keyin u shunday xulosaga keldi:

Uzoq umr ko‘rishga sport bilan shug‘ullanish ham, to‘g‘ri ovqatlanish ham va hatto zararli odatlarning yo‘qligi ham ta’sir ko‘rsatmas ekan.

Umrning uzoqligiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi: yaqin munosabatlar va ijtimoiy integratsiya.

Yaqin kishilarga, agar zarur bo‘lib qolsa siz qarz so‘ray oladigan, og‘ir paytlarda sizning yoningizda turadigan kishilar kiradi. Sizning hayotingizda aynan shunday odamlarning bo‘lishi uzoq umr ko‘rishingizning belgilari hisoblanadi.

Ikkinchi omil — ijtimoiy integratsiya — kun davomida siz odamlar bilan qancha ko‘p muloqotda bo‘lishingiz. Nafaqat yaqinlaringiz bilan, balki boshqalar bilan ham munosabatda bo‘lasizmi?

Hozirgi vaqtlarda biz ko‘proq elektron moslamalar yordamida aloqa qilamiz. Ko‘proq vaqtimizni onlayn tarzda o‘tkazamiz. Lekin uni shaxsiy muloqotda bo‘lish bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют