» » Tokiodagi Xaneda aeroportida it 14 ta reysning kechikishiga sabab bo‘ldi

Tokiodagi Xaneda aeroportida it 14 ta reysning kechikishiga sabab bo‘ldi


Tokiodagi Xaneda aeroporti dispetcherlari to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biriga chiqib ketgan it sababli 14 ta reysning uchib ketish va qo‘nishini kechiktirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Kyodo News nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, it Okinavaga uchib ketishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan. Samolyotga olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus konteynerga joylangan it bortga olib chiqish vaqtida qafasdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan va qochib ketgan.

Aeroport xodimlari itni tutishi uchun 40 daqiqa kerak bo‘lgan. Aeroport ma’muriyati yukni ortishga mas’ul bo‘lgan xodimga nisbatan tekshiruv boshlagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 01:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют