» » Hindistonda bog‘ ishchisini oq yo‘lbars bolalari g‘ajib tashladi

Hindistonda bog‘ ishchisini oq yo‘lbars bolalari g‘ajib tashladi


Hindistondagi Bannerghatta milliy bog‘ida oq yo‘lbars bolalari ularning inini tozalayotgan xodimni g‘ajib tashladi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Xizmatchi va uning yordamchisi inni bo‘sh deb o‘ylagan, biroq unda ona yo‘lbars va uning ikkita bir yarim yoshli bolasi qolgan edi. Xodimlar ovqat qoldiqlarini tozalash uchun kirganda, yo‘lbars bolalaridan biri yordamchiga tashlangan va uning bo‘ynidan tishlab olgan. Keyin esa unga ikkinchi yo‘lbars bolasi hujum qilgan. Ikkinchi xizmatchi xavfsiz joyga qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar yo‘lbarslarni haydab yuborgan, biroq hamkasbini qutqara olmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yirtqichlar halok bo‘lgan xodim tanasining bir qismini yeb qo‘ygan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 05:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют