» » Britaniyaliklar tomonidan topshirilgan tangalarning vazni 3,5 mingta filning vazniga tenglashdi

Britaniyaliklar tomonidan topshirilgan tangalarning vazni 3,5 mingta filning vazniga tenglashdi


Buyuk Britaniya aholisi tomonidan topshirilgan bir funt sterling nominalidagi tangalarning umumiy vazni qariyb uch yarim mingta fil yoki 900 ta ikki qavatli avtobusning vazniga tenglashdi. Bu haqda mamlakat g‘aznachiligi tomonidan ma’lum qilindi.

Qirollik fuqarolari topshirgan eski tangalarning umumiy soni 1,2 milliardni tashkil qilgan. Shu tariqa g‘aznachilik 15-oktabrdan boshlab bir funtlik tangalarning muomaladan chiqarilishini eslatmoqda.

Eski tangalar o‘rniga ularning emissiyasi bilan shug‘ullanuvchi The Royal Mint jamg‘armasi sariq va oq metalldan tayyorlangan 12 qirrali tangalarni chiqaradi. Yangi tangalarga zarurat xavfsizlik yuzasidan tug‘ilgan. Xabar berilishicha, yangi chiqariladigan funtlarni qalbakilashtirish qiyin bo‘ladi.

Hozirda amalda bo‘lgan bir funtlik tangalar 1983-yilda muomalaga kiritilgan. 15-oktabrdan keyin ularni faqat xayriya maqsadlarida ishlatish mumkin bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 06:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют