» » Garet Beyl va Uels JCh—2018 dan chetda qoldi. Serbiya mundialda, Irlandiya pley-offda

Garet Beyl va Uels JCh—2018 dan chetda qoldi. Serbiya mundialda, Irlandiya pley-offda


Yevro—2016 da sensatsion yurishni amalga oshirib, yarim finalga qadar yetib borgan Uels terma jamoasi JCh—2018 da ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Ben Devis, Jo Allen, Endryu King, Aaron Remzi, Garet Beyl kabi yulduzlari bor jamoa so‘nggi turni Kardiffda Irlandiyaga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning Dublinda kechgan birinchi o‘yinida hisob ochilmagandi — 0:0.

Mazkur g‘alaba irlandlarga pley-offda o‘ynash imkoniyatini taqdim etdi. Ya’ni, ular umidni saqlab qoldi. O‘z uyida Gruziyani qiyinchilik bilan taslim qilgan Serbiya esa Rossiyaga boradigan baxtlilar qatoriga kirdi.

JCh—2018. Saralash
“D” guruhi. 10-tur
9-oktabr, dushanba

Gol: Aleksandar Priyovich, 74 (1:0).

Gol: Jeyms Makklin, 57 (0:1).

Gol: Luis Shaub, 69 (0:1).
Chetlatish: Artur Ionitsa, 55 (M).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 06:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют