» » Ispaniya va Italiya zafar quchdi. Skuadra adzurra bor e’tiborini pley-offga qaratadi

Ispaniya va Italiya zafar quchdi. Skuadra adzurra bor e’tiborini pley-offga qaratadi


Yevro—2016 da ko‘ngildagidek ishtirok eta olmagan Ispaniya terma jamoasi bir tur avvaldanoq Rossiya—2018 uchun yo‘llanma yutib olgandi.

Ispaniyalik futbolchilar so‘nggi turni Isroilda o‘tkazib, 1 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Shu kuni jangovor tarkib maydonga tushirilmadi. Ispaniya saralashni 9 ta g‘alaba va 1 ta durang bilan yakunladi. Avvalroq nemislar saralashning 10 ta o‘yinida ham g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.

Italiya termasi esa guruh o‘yinlarida 2 ta xatoga yo‘l qo‘ydi. Dastlab Ispaniyaga qarshi safar o‘yinida yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi, keyinroq o‘z maydonida Makedoniyani yenga olmadi — 1:1. Shu boisdan ham so‘nggi turdagi g‘alaba amalda hech narsani hal qilmadi.

Isroil termasi yig‘iniga chaqirilgan “Paxtakor” futbolchisi Gidi Kanyuk saralashning ikki o‘yinida ham maydonga tushirilmadi.

JCh—2018. Saralash
“G” guruhi. 10-tur
9-oktabr, dushanba

Gol: Asiyer Ilyarramendi, 76 (0:1).

Gol: Antonio Kandreva, 73 (0:1).

Gollar: Vicar Musliu, 36 (1:0). Aleksandar Traykovski, 39 (2:0). Enis Bardi, 66 (3:0). Ariyan Ademi, 68 (4:0).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют