» » Turkiyadan so‘ng Ukraina ham Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi. Vikinglar ko‘chasida esa bayram

Turkiyadan so‘ng Ukraina ham Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi. Vikinglar ko‘chasida esa bayram


Yevro—2016 kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Islandiya termasi JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritdi. Saralashning so‘nggi turida Kosovoni qabul qilgan vikinglar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Islandiya bunga qadar saralash bosqichini hech qachon muvaffaqiyatli bosib o‘tmagandi. 350 ming yetar-yetmas aholisi bor mamlakat tarixda ilk bor mundialda to‘p surish baxtiga ega chiqdi. Ular bu yo‘lda Turkiya, Ukraina, Xorvatiya kabi Yevropaning ko‘zga ko‘ringan mamlakatlarini ortda qoldirib ketdi.

Ukraina terma jamoasi esa Rossiya—2018 chiptasidan quruq qoladigan bo‘ldi. Saralashning so‘nggi turini o‘z maydonida o‘tkazgan jamoa xorvatlarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 0:2. Shu tariqa xorvatlar pley-offda to‘p suradigan bo‘ldi.

JCh—2018. Saralash
“I” guruhi. 10-tur
9-oktabr, dushanba

Gollar: Andrey Kramarich, 62 (0:1). Andrey Kramarich, 70 (0:2).

Gollar: Gilfi Sigurdsson, 40 (1:0). Yoxan Gudmundsson, 68 (2:0).

Gollar: Jenk Tosun, 57 (0:1). Paulus Arayuuri, 76 (1:1). Jenk Tosun, 83 (1:2). Yoel Poxyanpalo, 88 (2:2).

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:
Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 06:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют