» » ShHT—Afg‘oniston kontakt guruhi o‘z faoliyatini yuqori daraja va kengaytirilgan tarkibda tiklaydi

ShHT—Afg‘oniston kontakt guruhi o‘z faoliyatini yuqori daraja va kengaytirilgan tarkibda tiklaydi


ShHT—Afg‘oniston kontakt guruhi o‘z faoliyatini yuqori daraja va kengaytirilgan tarkibda tiklaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Guruh o‘z ishini tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari darajasida o‘z ishini tikladi va shunday shaklda majburiy tartibda yilda bir marotaba yig‘iladi”, — dedi Hakimov.

Diplomat 2005-yilda tuzilgan ShHT—Afg‘oniston kontakt guruhi faoliyati 2009-yilda to‘xtatilgani, o‘shanda u a’zo davlatlarning ShHT kotibiyatidagi doimiy vakillari va Afg‘oniston elchixonasining Pekindagi elchixonasi vakillari darajasida ishlaganini eslatib o‘tdi.

Baxtiyor Hakimovga ko‘ra, Rossiyaning mazkur guruh faoliyatini tiklash yuzasidan taklifi tuzilmaga a’zo barcha davlatlar yetakchilari va Afg‘oniston prezidenti tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi.

Guruhning kengaytirilgan shakldagi birinchi uchrashuvi 11-oktabrda Moskvada bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют