» » Toshkentdagi Bolalar temir yo‘li saqlanib qolishi mumkin

Toshkentdagi Bolalar temir yo‘li saqlanib qolishi mumkin


O‘zbekiston Milliy bog‘idagi Bolalar temir yo‘lini saqlab qolishga umid bor, deb yozadi “Pisma iz Tashkenta” nashri “Toshkent jamoatchilik transporti” forumi foydalanuvchisiga tayanib.

Ma’lum bo‘lishicha, forum a’zolaridan biri Bolalar temir yo‘lini saqlab qolish taklifini bildirib, Prezident virtual qabulxonasiga o‘z murojaatini yuborgan. Unga kelgan javobda O‘zbekiston temir yo‘llari Bolalar temir yo‘lini yangi “Navro‘z bog‘i” istirohat bog‘iga ko‘chirish orqali saqlab qolish haqida qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan. Ammo murojaatga javobda “masala ko‘rib chiqilmoqda” deyilgan.

Avvalroq jurnalist Maqsad Jangirov Facebook’da Bolalar temir yo‘li vagonlari Toshkent ko‘chalaridan biri orqali olib o‘tilayotgani aks etgan suratlarni joylagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 4-sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Milliy bog‘i bazasida “zamonaviy va yuqori texnologiyali” madaniyat va dam olish bog‘i barpo etiladi.

Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘idagi bolalar temir yo‘li 18-sentabr, dushanba kuni oxirgi marta reysga chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют