» » Turkiyaning yetakchi lor shifokorlari o‘zbekistonlik hamkasblari uchun mahorat darslarini o‘tkazdi

Turkiyaning yetakchi lor shifokorlari o‘zbekistonlik hamkasblari uchun mahorat darslarini o‘tkazdi


6—7-oktabr kunlari Toshkentdagi Invivo klinikasida poytaxt va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan lor shifokorlari uchun “Lor a’zolarining plastik jarrohligi va otorinolaringologiyadagi zamonaviy konsepsiyalar” mavzusida ilmiy anjuman hamda mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Mazkur anjuman Toshkent tibbiyot akademiyasining otorinolaringologiya va stomatoligiya kafedrasi, O‘zbekiston Vrachlar assosiatsiyasi otorinolaringologiya bo‘limi hamda Invivo klinikasi tomonidan tashkil etildi.

Mahorat saboqlarida Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Memorial Hastanesi shifoxonasi Lor bo‘limi mudiri, professor Cem Devge hamda Amerika va Yevropa plastik jarrohlari assosiatsiyasi a’zosi, Turkiyaning yetakchi plastik jarrohlaridan biri Erjan Karachao‘g‘li ishtirok etib, o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘zlarining ilmiy tajribasi bilan bo‘lishdi.

Anjumanda lor shifokorlar va tibbiy ta’lim muassasalarining talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Shuningdek, turkiyalik plastik jarrohlar tomonidan o‘tkazilgan rinoplastika hamda otoplastika jarrohlik amaliyotlari onlayn tarzda namoyish etildi. Bu esa mahorat saboqlari ishtirokchilarining tajribasini oshirish va plastik jarrohlik sohasidagi Yevropa tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют