» » Katatumbo — dunyodagi yashinga eng boy bo‘lgan makoni

Katatumbo — dunyodagi yashinga eng boy bo‘lgan makoni


Yashin bir joyga ikki marta urmaydi, degan gap bor, ammo Katatumboda bu “qoida” amal qilmaydi, deb yozadi Travel Ask.

Venesueladagi Katatumbo daryosi etagida joylashgan bu tumanda maydan oktabrga qadar o‘ziga xos tabiiy hodisa kuzatiladi: daryo kelib quyiladigan Marakaybo ko‘li osmonidan qisqa vaqt ichida ko‘plab yashinlar hosil bo‘ladi, yashin zarbalari sodir bo‘lish tezligi bo‘yicha ushbu hudud hatto Ginnessning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

Katatumbo daryosi etagida taxminan 5 km balandlikda yomg‘irli bulutlar to‘planadi, ular soatiga 280 ta yashinni hosil qilishga qodir bo‘ladi. Ushbu tabiiy hodisa Katatumboda azaldan kuzatiladi, u hujjatlarda birinchi marta XVI asr oxirida tilga olinadi. Ushbu yashinlarni 400 kilometrgacha bo‘lgan masofadan ko‘rish mumkin.

Olimlar Marakayboda bunchalik ko‘p yashinlar hosil bo‘lishida bir nechta omillarni sababchi deb hisoblaydi. Birinchidan, Karib dengizi va And tog‘ tizimining yaqinligi tufayli, Karib dengizi tomonidan keladigan iliq va nam havo massasi Andning sovuq havosi bilan to‘qnashadi va quyun hosil bo‘ladi, u soat yo‘nalishiga qarshi aylanganida yashinlar paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, ushbu hududdagi ko‘p sonli botqoqliklar tufayli bu yerda metan ko‘p, u bulutlargacha ko‘tarilib, yashinlar paydo bo‘lishida qatnashadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют