» » Erdo‘g‘on Poroshenko bilan qo‘shma matbuot anjumanida uxlab qoldi (video)

Erdo‘g‘on Poroshenko bilan qo‘shma matbuot anjumanida uxlab qoldi (video)


Internetda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qo‘shma matbuot anjumani aks etgan video paydo bo‘ldi, unda Turkiya yetakchisi mudrab qolganini ko‘rish mumkin, deb yozadi KNews.

Erdo‘g‘on Poroshenko gapirayotgan vaqtda bir necha marta esnagan, so‘ng ko‘zlarini yumib, uxlab qolgan. Ukraina prezidenti hamkasbining uyqusirab turganini payqab qolgan shekilli, uni uyg‘otish uchun stolni qo‘li bilan taqillatgan.

9-oktabr, dushanba kuni Erdo‘g‘on Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelib, Pyotr Poroshenko bilan uchrashdi. Ular qator hujjatlarni, shu jumladan, 2017—2019-yillarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini imzoladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют