» » Ikki rossiyalikning Suriyada asirga olinishi aks etgan video e’lon qilindi

Ikki rossiyalikning Suriyada asirga olinishi aks etgan video e’lon qilindi


Rossiya fuqarolari Roman Zabolotnoy va Grigoriy Surkanuning IShID terrorchilari tomonidan asirga olingandan keyingi holati aks etgan videoyozuv e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Meduza. Videoni Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi aniqladi.

Rolikda Roman Zabolotnoy o‘zining rus ekanligini, “ma’lumot bilan shtabga ketayotgan bo‘lgani”ni aytgan. Uning yonida yana ikki asir o‘tiribdi, ulardan biri Grigoriy Surkanu deb taxmin etilmoqda. U yuzi bog‘lab qo‘yilgan holatda avtomobil kuzovida o‘tiribdi. Yana bir asir esa suriyalik bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Davlat dumasi deputati IShID jangarilari o‘zlariga asir tushgan Rossiya fuqarolari Roman Zabolotnoy va Grigoriy Surkanuni o‘ldirganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, OAVlarda IShID asirga olingan ikki rossiyalik harbiy aks etgan videoni e’lon qilgani haqida axborot paydo bo‘lgan edi. Keyinroq esa Rossiya mudofaa vazirligi ikki nafar rossiyalik harbiy IShID jangarilari tomonidan asirga olinganini rad etgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют