» » Bugun Ravshan Ermatov Avstraliya — Suriya o‘yini g‘olibini aniqlab beradi

Bugun Ravshan Ermatov Avstraliya — Suriya o‘yini g‘olibini aniqlab beradi


Bugun — 10-oktabr kuni JCh—2018 uchun kurashni davom ettirayotgan Avstraliya va Suriya termalari pley-offning javob o‘yinida maydonga tushadi. Tomonlarning Malayziyada o‘tgan birinchi to‘qnashuvida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1.

Toshkent vaqti bilan 14:00 da start oladigan uchrashuvni o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi.

Mazkur juftlik g‘olibi Osiyo uchun berilgan yarimta yo‘llanmani butun qilish uchun Shimoliy Amerikaning to‘rtinchi jamoasiga qarshi saf tortadi. Meksika va Kosta-Rika Rossiya—2018 uchun chiptani qo‘lga kiritib ulgurgan. Uchinchi yo‘llanma uchun AQSh, Gonduras va Panama o‘zaro kurashmoqda. To‘rtinchi jamoa ham tabiiyki, shular orasidan bo‘ladi.

Avstraliya Osiyo saralashining “B” guruhini Yaponiya va Saudiyadan keyin 3-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Suriya termasi “A” guruhida O‘zbekistonni ortda qoldirgan hamda Eron va Janubiy Koreyadan keyingi pog‘onani band etgandi. Qayd etish kerak, Avstraliya termasi OFK a’zosi bo‘lgach, JCh saralashlarining dastlabki ikkitasini muvaffaqiyatli yakunlab, JAR va Braziliya mundiallariga borgandi. Ayni paytda ular pley-offdan umidvor.

O‘yin “Sport-TV”ning kechki dasturiga kiritilishi katta ehtimol. Toshkentdagi Challenger tennis turnirida Denis Istomin kortga chiqishi inobatga olinib, Avstraliya — Suriya o‘yini kechroqqa qoldirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют