» » CNN: Las-vegaslik “mergan” sutkasiga 14 soatlab qimor o‘ynagan

CNN: Las-vegaslik “mergan” sutkasiga 14 soatlab qimor o‘ynagan


Las-Vegasdagi qirg‘in aybdori Stiven Peddok o‘zini “dunyodagi eng zo‘r video-poker o‘yinchisi” deya atagan va sutkasiga 14 soat, yilda 365 kun qimor o‘ynagan. Bu haqda CNN telekompaniyasiga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

CNN Peddok 2013-yilda Las-Vegasdagi Cosmopolitan kazinosidan noxush hodisa uchun 100 ming dollar talab qilgan sud ishidagi e’tiborli lavhalarni taqdim etdi. “Nega men o‘zimni dunyodagi eng yaxshi video-poker o‘yinchisi deb hisoblayman? Chunki men video-poker o‘ynovchi ayrim katta “o‘yinchilar”ni bilaman. Hech kim men kabi ko‘p va uzoq o‘ynamaydi”, — deyiladi Peddokning 87 varaqdan iborat sud ishida.

“Men tuni bo‘yi o‘ynayman. Kunduzi esa uxlayman”, — degan edi Peddok. Amerikalikning ta’kidlashicha, u bitta o‘yinda 100 dollardan 1350 dollargacha, bir kechada 1 million dollargacha yutib olgan.

Cosmopolitan yuriskonsulti Marti Kravitsning ma’lum qilishicha, Peddok 2011-yilning 30-oktabrida mehmonxonadagi suvenirlar do‘konidan kazinoga chiqayotib yiqilib tushgan va jarohat olgan. 2012-yilda amerikalik ushbu o‘yin muassasasini sudga berib, tibbiy muolajalar uchun sarflagan xarajatlari uchun 32 ming dollar, shuningdek, yetkazilgan jismoniy va ma’naviy zarar uchun umumiy miqdorda 100 ming dollar talab qilgan. Sud sudlanuvchining foydasiga qaror chiqargan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют