» » Toyota rahbarlar uchun mo‘ljallangan Century gibrid limuzinini taqdim etdi (foto)

Toyota rahbarlar uchun mo‘ljallangan Century gibrid limuzinini taqdim etdi (foto)


Yaponiyaning Toyota avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Century modelini taqdim etdi, deb xabar berdi Motor Authority.

Avtomobil oktabr oyi oxirida Tokioda bo‘lib o‘tadigan xalqaro avtosalonda rasman taqdim etiladi. Mashina faqatgina Yaponiya hududida sotiladi. Uning salonini jihozlashda jun, teri va yog‘och ishlatilgan. Ko‘ngilochar tizimida 20 ta audio-dinamik va raqamli multidispley mavjud bo‘lib, u old o‘rindiqlarning orqasida joylashgan. Unga V shaklidagi 5 litr hajmga ega sakkiz silindrli benzin dvigateli va elektromotor o‘rnatilgan. Avtomobilning boshqa texnik ma’lumotlari hozircha keltirilmadi.

Century modeli birinchi bor 1967-yilda paydo bo‘lgan; u kompaniya asoschisi Sakiti Toyodaning tug‘ilganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan shunday nomlangan. Avtomobilning birinchi seriyali avlodi 1967 yildan 1997-yilgacha chiqarilgan bo‘lsa, ikkinchi avlodi 1997-yildan hozirga qadar ishlab chiqarilmoqda. Century Royal modifikatsiyasi Yaponiya imperatorlik saroyi uchun maxsus ishlangan va hukmron sulolaning katta a‘zolar tomonidan foydalaniladi. Century avtomobillariga an’anaviy ravishda Toyota logotipi yoki belgisi o‘rnatilmaydi. Buning o‘rniga, mashinaning radiator pancharasiga afsonaviy Qaqnus qushining tasviri joylashtiriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют