» » Xitoylik uch nafar qiz yuzini plastik operatsiya qildirganligi sabab aeroportdan ucha olmadi

Xitoylik uch nafar qiz yuzini plastik operatsiya qildirganligi sabab aeroportdan ucha olmadi


Janubiy Koreya xalqaro aeroportida uch nafar xitoylik yuzini plastik operatsiya qildirgani sabab pasport nazoratidan o‘ta olmadi. Bu haqda Daily Mirror’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xitoyliklar Janubiy Koreyaga kuz faslida yetti kun davomida nishonlanadigan “Oltin haftalik” bayramida yo‘l olishgan. Ular yuzlarini plastik operatsiya qildirib, uyga qaytishni rejalashtirishgan, biroq pasport nazorati bo‘limida ularni to‘xtatishgan.

Nashrning ta’kidlashicha, yuzdagi bintlar, shishlar va operatsiya natijasida yuz bergan o‘zgarishlar sabab ular o‘zlari taqdim etgan hujjatdagi suratga o‘xshamay qolishgan. Ular Xitoyga qaytishga muvaffaq bo‘ldimi yoki yo‘q noma’lum.

Yuzlari bintlangan xitoylik turistlarning qo‘llarida hujjatlari bilan o‘tirgan holda, immigratsion xizmat qarorini kutayotgani tasvirlangan surati Xitoy ijtimoiy tarmoqlariga mashhurlikka erishdi. Unga 51 mingdan ortiq “layk” bosilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют