» » Argentinaning sobiq prezidenti so‘roqqa chaqirildi va mamlakatni tark etishi man qilindi

Argentinaning sobiq prezidenti so‘roqqa chaqirildi va mamlakatni tark etishi man qilindi


Argentina federal sudyasi Klaudio Bonadio mamlakat sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerni Buenos-Ayresdagi yahudiy madaniy markazida 1994-yilda amalga oshirilgan terakt ishi bo‘yicha so‘roqqa kelish majburiyatini yukladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Sobiq davlat rahbariga mamlakatni tark etish ham man qilingan. De Kirshner 26 oktabrda — senatorlikka nomzodini qo‘ygan parlament saylovlaridan 4 kun o‘tib tergovchilarga ko‘rsatma berishi lozim. Agarda u g‘alaba qozonsa, sud ta’qibidan muhofazaga ega bo‘ladi.

Kristina de Kirshnerdan tashqari yana 14 kishi, jumladan, sobiq tashqi ishlar vaziri Ektor Timerman ham so‘roqqa chaqirildi. Ularga ham mamlakatni tark etish man qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 5) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют