» » Xitoy osmonida ulkan olovli shar paydo bo‘ldi (video)

Xitoy osmonida ulkan olovli shar paydo bo‘ldi (video)


Xitoyda kuz faslining o‘rtasida nishonlanadigan bayram bu yil alohida esda qolarli bo‘ldi: minglab tomoshabinlar osmondan tushayotgan ulkan olovli sharning guvohiga aylandi, deb xabar berdi National Geographic.

4-oktabr kuni “Kuzning o‘rtasi” bayramini nishonlayotgan Yunnan provinsiyasining aholisi hamda mehmonlari to‘lin Oyni suratga olishga harakat qilishdi. Shu sabab ulkan meteoritning paydo bo‘lgani e’tibordan chetda qolmadi: videoda bir necha soniya davom etgan yorqin nurni ko‘rish mumkin.

Yil davomida Yerga 4 milliardga yaqin asteroiddan kichikroq, biroq sayyoralararo kukundan yirikroq osmon jismlari qulaydi. Yer atmosferasiga katta tezlikda (11—72 kilometr/soniya) kirib kelib, o‘zining ortidan yonish davomida hosil bo‘lgan yorqin izni qoldirgan jism — meteor deyiladi, agar uning bir qismi Yerga kelib tushsa — meteorit bo‘ladi. Xitoydagi bayramda yerga qulagan jism — bolid hisoblanadi: ularning yorqinligi 4 metrdan kam bo‘lmaydi.

NASA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, olovli sharning tezligi 14,6 kilometr/soniyani tashkil etgan, atmosferani yorib o‘tishda paydo bo‘lgan energiyasi esa 540 tonna trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan.

O‘zining yorqinligiga qaramay, bu Xitoy tarixida kuzatilgan eng katta bolid emas. Rekord 2009-yilda 2,3 ming tonna trotil ekvivalentiga ega meteor yerga qulaganida o‘rnatilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют