» » Suriyada Rossiyaga tegishli “Su-24” samolyoti halokatga uchradi

Suriyada Rossiyaga tegishli “Su-24” samolyoti halokatga uchradi


Rossiyaning “Su-24” bombardimonchi samolyoti Suriyaning Xmeymim aerodromidan parvozni amalga oshirayotgan vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ekipaj a’zolari katapulta qilishga ulgurmagan va halok bo‘lgan.

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va qulagan. Yerdagi hech nimaga talafot yetmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu noxush hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yilning noyabr hamda dekabr oylarida “Admiral Kuznetsov” aviatashuvchisiga qo‘nmoqchi bo‘lgan Rossiyaning “Su-33” hamda “MiG-29” samolyotlari palubadan tashqariga chiqib ketgan edi. Ikkala holatda ham uchuvchilar katapulta yordamida omon qolgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют