» » O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi


O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiya prezidenti bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta’kidlab, barcha o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, 2016-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng kuzatilgan O‘zbekiston—Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etilgan. Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan imkoniyatlarni amalga oshirishga imkon berdi, deyiladi TIV xabarida.

Turkiya davlati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga bo‘lajak tashrifi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston—Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini qayd etib o‘tgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют